AsosiyJamiyat

Navoiyda 20-22 yoshli qizlarni Dubayga fohishalik uchun yuborayotgan shaxslar qo`lga olindi

'Navoiyda 20-22 yoshli qizlarni Dubayga fohishalik uchun yuborayotgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

2022 yil 13 yanvar  Navoiy shahar Abdulla Avloniy ko`chasida yashovchi X.N Navoiy IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, Konimex tumani Guliston MFYda ro`yxatda turib ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashovchi Sh.N internet ijtimoiy tarmog`ining telegramm messenjeri orqali yosh qizlar bilan aloqa o`rnatib faxsh maqsadlarda yo`ldan ozdirib, aldab mamlakatdan olib ketishni maqsad qiladi. Uning jinoiy rejasi to`riga 20 yoshli xatirchilik O.B hamda 22 yoshli karmanalik X.Nlar ilinadi. Qizlarning barcha xarajatlari qoplanishi hamda aviabilet pullari to`lab berilishi va`da qilinib Sh.Nning sherigi G.Sh orqali Dubay shahriga olib chiqib ketilayotgan vaqtda shahar IIB terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashaish boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikdagi tezkor tadbir natijasida odam savdosiga chek qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar