AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada bir kunda koronavirusdan rekord darajadagi kasallanish qayd etildi

'Janubiy Koreyada bir kunda koronavirusdan rekord darajadagi kasallanish qayd etildi'ning rasmi

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlarning bir sutkadagi soni rekord darajaga etdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Mamlakat kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) bergan ma`lumotlarga ko`ra, oxirgi bir sutkada 16 096 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Bu esa ketma-ket to`rtinchi kungi rekord ko`rsatkich hisoblanadi. 

COVID-19 qurbonlari soni 6,678 ga etib,  payshanba kungidagi holatga taqqoslaganda 24 taga ko`p. Jamoat sog`liqni saqlash agentligining ta`kidlashicha, keyingi bir necha hafta ichida kasallanganlar soni kuniga 100 mingga etishi mumkin. 

KDCA ma`lum qilishicha, juma holatiga ko`ra, 26,35 million kishi umumiy aholining 51,4 foizi qayta emlangan. Emlanganlarning umumiy soni 43,93 million nafarga etgan.

    Boshqa yangiliklar