Andrey Shevchenko Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yurita olmasligi mumkin. Bu haqda ukrainalik jurnalist Igor Siganik ma`lum qildi.
Unga ko`ra, 45 yoshli mutaxassis "Jenoa" bilan shartnomasini bekor qilish bo`yicha haligacha kelisha olmagan. U klub tomonidan iste`foga chiqarilgan bo`lsa-da, shartnomasi o`z kuchini yo`qotmagan. Bunga "Jenoa"ning taklif qilayotgan kompensasiya puli Andreyga ma`qul kelmagani sabab bo`lishi mumkin.
Polsha Futbol Federasiyasi Jahon chempionati saralash pley-off bosqichi oldidan terma jamoaga tajribali mutaxassis taklif qilish va bu borada Shevchenko bilan kelishuvga erishgani bo`yicha xabar bergan edi.






