Umarbek Halilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo`mita Matbuot xizmati xabar berdi.
Umarbek Halilov 1977 yilda Navoiy viloyati Nurota tumanida tug`ilgan. 1999 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Umarbek Halilov Nurota tumani hokimi vazifasida ishlagan. U bu lavozimga 2019 yilda tayinlangan.
Shuningdek, u 2017 yilning aprelidan 2018 yilning mayigacha Navoiy shahri hokimi, 2018 yilning may oyidan 2019 yil martgacha Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiya rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.






