Prezident maktab ta`limi islohotining asosiy yo`nalishlarini belgilab berdi, deb yozmoqda Prezident matbuot kotibi.
Eng avvalo, kelgusi besh yilda 1,2 million o`quvchi o`rni yaratilishi lozim. Ushbu maqsadlar uchun joriy yilning o`zida 527 ta maktabni qurish va rekonstruksiya qilishga 2,5 trillion so`m ajratildi. Bu mablag` yanada ko`paytiriladi.
"Bir narsani aniq tushunish kerak. Yangi qurilayotgan va ta`mirlanayotgan maktablar ham o`quvchilar, ham pedagoglar uchun qulay va moslashuvchan bo`lishi kerak. Yangi qurilayotgan maktablarda quyosh paneli va issiq suv kollektori albatta bo`lishi shart.
Bu ishlar bilan endi joylarda viloyat, shahar va tuman hokimlari shug`ullanadi. Bugundan boshlab Xalq ta`lim vazirligining qurilishga buyurtmachi bo`lish vakolati tugatiladi.
Mutasaddilar va viloyat hokimlariga bir oy muddatda yangi talablardan kelib chiqib, “namunaviy maktab” loyihalarini taqdimot qilish topshirildi.
"Endi yangi maktablar mahalla faollari, ota-onalar va jamoatchilik nazorati ostida quriladi va foydalanishga qabul qilinadi", dedi davlatimiz rahbari.






