AsosiyDunyo

Ilon Mask 21 mlrddan ortiq mablag` yo`qotdi

'Ilon Mask 21 mlrddan ortiq mablag` yo`qotdi'ning rasmi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Tesla kompaniyasi aksiyalari narxining pasayishi natijasida 21 milliard dollardan ko`proq mablag` yo`qotdi. Buni real vaqt rejimida o`tkaziladigan Forbes milliarderlar reytingi ma`lumotlari tasdiqlaydi.  

Qayd etilishicha, Maskning boyligi 21,5 milliard dollarga yoki 8,84 foizga kamaygan. Shunday qilib, hozirda uning boyligi 221,3 milliard dollarni tashkil etadi. Biroq, Forbes milliarderlar reytingi ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki, amerikalik tadbirkor hamon sayyoraning eng boy odamlari ro`yxatida etakchi. Ikkinchi o`rinda Fransiya kompaniyalari LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) guruhining bosh direktori Bernard Arno (188,6 milliard dollar) turadi. Kuchli uchlikni Amazon elektron tijorat kompaniyasi rahbari Jeff Bezos 165,8 milliard dollar bilan yakunlab beradi. 

Ma`lum qilinishicha, Tesla aksiyalari Toshkent vaqti bilan bugun, 28 yanvar 01:26 holatiga ko`ra, har bir qimmatli qog`oz uchun 10,75 foizga 837 dollarni tashkil etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar