AsosiyJamiyat

Prezident: "Bugundan “hokimlarning maktabga e`tibor qilish besh yilligi” boshlanadi"

'Prezident: "Bugundan “hokimlarning maktabga e`tibor qilish besh yilligi” boshlanadi"'ning rasmi

Davom etayotgan yig`ilishda "Ta`lim sifatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish bo`yicha katta islohotlarni boshlaymiz", dedi Prezident. 

Davlatimiz rahbari o`qitish metodikasi, darsliklar, partadan tortib, binosigacha to`liq qayta ko`rib chiqilishini ta`kidladi. Muallimlarga munosib sharoitlar yaratiladi, ularning bilim va malakasi, dars o`tishiga talab ham tubdan kuchaytiriladi.

"Barcha darajadagi hokimlar bir narsani chuqur anglab etishi kerak -  bugundan “hokimlarning maktabga e`tibor qilish besh yilligi” boshlanadi", dedi Prezident.

Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta`limini isloh qilish kengashlari tuziladi.

"Respublika kengashiga shaxsan o`zim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh bo`ladi.

Nima uchun, kengashlar qilyapmiz? Chunki bu ishlarni, albatta xalqimiz bilan, keng jamoatchilik bilan kengashib, ularning fikrlari asosida amalga oshiramiz. Har bir yangilikni o`qituvchilar, mutaxassislar, ota-onalar bilan bamaslahat kiritamiz", dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar