"Universal" sport majmuasida boks bo`yicha 22 yoshgacha bo`lgan o`g`il-qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda.
O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabariga ko`ra, hozirga kelib barcha final ishtirokchilari ma`lum bo`ldi.
"Qiziqarli va murosasiz saralash bellashuvlari yakunida 17 nafar vakilimiz finalda jang olib boradigan bo`ldi. Endi ular ertaga qit`a chempionligi uchun ringga ko`tarilishadi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan 3 nafar bokschimiz esa bronza medali bilan musobaqani yakunladi",-deyiladi xabarda.
Finalchilar:
O`g`il bolalar:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Muxammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Shaxzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Xurshid Rasuljonov
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev
-67 kg: Javlon Yo`ldoshev
-71 kg: Azizbek Tojiev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev
-80 kg: Jasurbek Yo`ldoshev
-86 kg: Timur Merjanov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Qizlar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O`ktamova
-63 kg: Moxinabonu Abdullaeva
Bronza medali sohiblari:
-92 kg: Javoxir Tog`aymurodov
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Dilfuza Bekova






