AsosiyJamiyat

Krasnodarda ishlayotgan yurtdoshlarimizning pasportlarini ish beruvchi olib qo`ydi, natijada...

'Krasnodarda ishlayotgan yurtdoshlarimizning pasportlarini ish beruvchi olib qo`ydi, natijada...'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga 4 nafar yurtdoshimizdan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqarolar Krasnodar o`lkasidagi korxonalardan birida ishlash uchun borgani, ish beruvchi vakillari tomonidan pasportlari 2 oydan ortiq vaqt mobaynida olib qo`yilib, berilmayotganini bildirgan.

Mehnat migrantlarining pasportlarini qaytarish maqsadida Vakolatxona xodimlari ish beruvchi vakillari bilan telefon orqali muzokara o`tkazdi. Ish beruvchilar pasportlarni patent rasmiylashtirish uchun olgani va ishxonada saqlayotganini bildirdi. Ularga fuqarolik pasportini olish Rossiya qonunchiligi bo`yicha mumkin emasligi tushuntirilib, yurtdoshlarimiz pasportlari qaytarildi.

    Boshqa yangiliklar