AsosiyJamiyat

Prezident taraqqiyot strategiyasidagi muhim vazifa haqida gapirdi

'Prezident taraqqiyot strategiyasidagi muhim vazifa haqida gapirdi'ning rasmi

Taraqqiyot strategiyasidagi yana bir muhim vazifa – Vatanimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishdan iborat.  

Bu borada Prezident dunyoda va mintaqada yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarni inobatga olib:

- Yangi O`zbekiston xavfsizligi konsepsiyasini qabul qilish;  

- axborot texnologiyalari bilan bog`liq xurujlarning oldini olish va kiber xavfsizlikni ta`minlash sohasidagi ishlarni takomillashtirish;

- Qurolli Kuchlarning boshqaruv tizimini yangi bosqichga olib chiqish;

- favqulodda vaziyatlarni boshqarish tizimini takomillashtirish;

- ichki va tashqi moliyaviy oqimlarni monitoring qilish va ular bilan bog`liq xavf-xatarlarni oldini olish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olish bo`yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar