Davom etayotgan davlat rag`barining yig`ilishida, barcha iqtisodiy kompleks rahbarlari va hokimlar oldiga quyidagi vazifalar qo`yildi:
- yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollardan oshirib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,4 baravarga ko`paytirish va kambag`allik darajasini kamida 2 baravarga qisqartirish;
- joriy yilda inflyasiya darajasini 9 foizdan oshirmaslik;
- joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 10 trillion so`m kreditlarni “mahallabay” kafolatli etib borishini ta`minlash;
- byudjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik;
- dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravarga oshirib, agrar tarmoqda yillik o`sishni kamida 5 foizga etkazish.
- yaqin besh yilda iqtisodiyotga 120 milliard dollar, shu jumladan 70 milliard dollar xorijiy investisiyalar jalb etish, eksport hajmini yiliga 30 milliard dollardan oshirish.






