Kompaniya axborot xizmati Toshkent shahri va O`zbekistonning boshqa hududlarida gaz ta`minoti bosqichma-bosqich tiklanayotganini ma`lum qildi.
Shu munosabat bilan "Hududgazta`minot" AJ fuqarolardan uylar va xonadonlar ichidagi gaz uskunalarini, xususan gaz plitalarini, isitish va suv isitgich asboblarini hamda dudburonlarni puxta tekshirishni so`raydi.
"Eslatib o`tamiz, maishiy uy yoritgichlari va boshqa elektr jihozlarini yoqishdan oldin xonaga kirib, uning ichida gaz hidi (boshqa begona hidlar) yo`qligiga ishonch hosil qilishingiz va faqat shundan keyingina elektr energiyasidan foydalanishingiz kerak", — deyiladi xabarda.
"Hududgazta`minot" fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda o`ta ehtiyotor bo`lishni va «zangori» yonilg`idan oqilona, «isrof qilmay foydalanishni» iltimos qildi.
Hisobga olish asbobi (hisoblagich) o`chib qolgan taqdirda, barcha gaz ishlatadigan uskunalarni o`chirib qo`yish, so`ng markaziy ko`k rangli ENTER tugmasini uch marta bosib, 6 daqiqa kutib turish kerak.
Gaz ta`minoti bilan bog`liq muammolarni hal qilish uchun kechayu kunduz ishlaydigan call-markaziga (1104), avariya-dispetcherlik xizmatiga (104) hamda Facebook`dagi "Gaz ta`minoti muammolari va ularni hal qilish yollari" jamoat guruhiga murojaat qilish mumkin.






