Shavakt Mirziyoev raisligida davom etayotgan videoselektor yig`ilishida ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov, transport vaziri Ilhom Mahkamov viloyat hokimlari bilan birga, yo`llard́a xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratish, avariya va o`lim holatlarini keskin qisqartirish, buning uchun harakatlarni boshqarishni to`liq raqamlashtirishi zarurligi ta`kidlandi.
- Har oy menga har ko`cha va har mahallada nega YTH bo`layotgani sabablari haqida hisobot berasizlar. Yo`llarda xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratish, avariya va o`lim holatlarini keskin qisqartirish, buning uchun harakatlarni boshqarishni to`liq raqamlashtirishi zarur.
Umuman, haydovchilik guvohnomasini o`qimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi, dedi prezident. - Shuning uchun, avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda. Biz o`qiganimizda 3 yil haydovchilikka o`qitgan. Hozir darsga bormay, pul berib guvohnoma olyapti. Nimaga? O`zbekistonda qonun yo`qmi?
Shavkat Mirziyoev bu muammoni bartaraf qilish uchun avvalo o`qitish tizimini tubdan takomillashtirish, o`qitmasdan va o`rgatmasdan guvohnoma berish “jinoyati”ga qarshi jazoni kuchaytirish bo`yicha bir oy muddatda qonunchilikka qo`shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritish bo`yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.






