AsosiyJamiyat

TEKNOFEST 2022 texnologiyalar musobaqasi uchun arizalar qabul qilish boshlandi!

'TEKNOFEST 2022 texnologiyalar musobaqasi uchun arizalar qabul qilish boshlandi!'ning rasmi

Dunyodagi eng yirik aviasiya festivallaridan biri bo`lgan TEKNOFESTning texnologiya musobaqalariga arizalar qabul qilish boshlandi. Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati — 28 fevral!

TEKNOFEST aviasiya, kosmik va texnologiya festivali joriy yilning 30 avgustidan 4 sentyabriga qadar Samsun viloyatining Charshamba aeroportida bo`lib o`tadi. TEKNOFEST texnologiya musobaqalari turli yosh guruhlari, jumladan, boshlang`ich, o`rta, o`rta maxsus, universitet va undan yuqori sinflar uchun tashkil etiladi. 39 xil toifada o`tkaziladigan TEKNOFEST 2022 texnologiya musobaqalari orasida o`tgan yilgidan farqli o`laroq, “Vertikal qo`nish raketalari musobaqasi”, to`siqsiz yashash texnologiyalari musobaqasi, O`rta maktab o`quvchilarining iqlim o`zgarishi bo`yicha tadqiqot loyihalari tanlovi, Hyperloop rivojlantirish musobaqasi bo`ladi.

Bu yil Bu yil «TÜBİTAK» tashkiloti TEKNOFEST “Afficiency challenge” elektr transport vositalari poygalaridan tortib, uchuvchisiz havo vositalari musobaqalarigacha, raketa musobaqasidan, o`rta maktab o`quvchilari qutb tadqiqot loyihalari bellashuviga qadar jami 14 musobaqani qamrab oladi.

TEKNOFEST texnologiya tanlovlarini o`tkazishdan asosiy maqsad,yoshlarning milliy texnologiyani ishlab chiqarish va rivojlantirishga qiziqishini oshirishga qaratilgan. Har yili bo`lgani kabi bu yil ham texnologiya musobaqalariga hujjat topshirgan va dastlabki saralash bosqichidan o`tgan jamoalarga moddiy yordam ko`rsatiladi. G`olib jamoalarga 6 million liradan ortiq mukofotlar beriladi.

TEKNOFEST Aviasiya, kosmik va texnologiya festivali haqida batafsil ma`lumot va ilovalarni https://teknofest.org/ saytidan olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar