AsosiyJamiyat

25 yanvar kuni kuzatilgan qalin tuman inson salomatligi uchun xavfsiz edimi?

'25 yanvar kuni kuzatilgan qalin tuman inson salomatligi uchun xavfsiz edimi?'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda  Gidrometeorologiya xizmati markazi direktorining birinchi o`rinbosari Ibratjon Karimov Ob-havoda kuzatilayotgan o`zgarishlar yuzasidan ma`lumot berdi.  

Uning so`zlariga ko`ra, 25 yanvar kuni kuzatilgan qalin tuman inson salomatligi uchun xavfsiz darajada bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, payshanba-juma kunlari Sibir antisikloni chekinishi hisobiga mahalliy xususiyatga ega iliq xavo massalari rivojlanib, kechalari  0 va undan yuqori xavo harorati, kunduz kunlari esa 7-12 daraja iliq harorat kutiladi.  

Juma kuni tushdan so`ng beqaror ob-havo kuzatila boshlaydi, respublikamizga g`arbdan to`yingan nam xavo oqimlari kirib kelishi hisobiga, avvaliga respublikaning shimoliy hududlari (Qor.Resp., Xorazm viloyati), Markaziy qismi (Buxoro, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari), Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida, shuningdek kechga borib Toshkent shahri va viloyatida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kutiladi.  

Dam olish kunlari Farg`ona vodiysida ham yog`ingarchiliklar bo`lishi kutilmoqda

    Boshqa yangiliklar