AsosiyJamiyat

Prezident matbuot kotibi aholiga elektr ta`minotidagi uzilishlar sabab murojaat yo`lladi

'Prezident matbuot kotibi aholiga elektr ta`minotidagi uzilishlar sabab murojaat yo`lladi'ning rasmi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov aholiga quyidagicha murojaat yo`lladi:

 "Hurmatli yurtdoshlar!

Xabaringiz bor, yurtimiz va qo`shni mamlakatlarning ayrim hududlarida elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Dastlabki o`rganishlar bu holat umummintaqaviy energiya tizimi doirasida yuzaga kelgan nosozliklar oqibatida kelib chiqqanini ko`rsatmoqda.

Ta`kidlash kerakki, vaziyat shaxsan Prezidentimiz nazorati ostida. O`zbekiston energiya tizimini barqarorlashtirish hamda elektr ta`minoti va boshqa tarmoqlar ishini tiklash bo`yicha olib borilayotgan ishlar haqida deyarli har daqiqa davlatimiz rahbariga axborot berib borilmoqda.

Shunday ekan, barchangizni xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolamiz. Vahimaga o`rin yo`q", - deyladi murojaatda. 

 

    Boshqa yangiliklar