AsosiyDunyo

Qirg`iziston prezidenti masofada ishlashga o`tdi

'Qirg`iziston prezidenti masofada ishlashga o`tdi'ning rasmi

Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoyga ishchi tashrifi oldidan masofaviy ishlash rejimiga o`tdi. Uning matbuot kotibi prezident ish grafigi o`zgarmasligini bildirdi.

Qayd etilishicha, bu chora dunyodagi koronavirus vaziyatida xavfsizlik yuzasidan ko`rilmoqda.

Japarov 3-5 fevral kunlari Xitoyda bo`ladi. U Pekindagi Qishki Olimpiya o`yinlari ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar