Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022 yil 25 yanvardan xorijiy davlatlardan O`zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilarning kamida 48 soat oldin topshirgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo`yicha manfiy natijali ma`lumotnoma mavjud bo`lgan taqdirda, xalqaro aeroportlar, temir yo`l vokzallari va avtomobil (piyodalar) o`tkazish chegara punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishlari talabi bekor qilindi.






