AsosiyJamiyat

Prezident Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi

'Prezident Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 yanvar kuni diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o`tkaziladigan “Markaziy Osiyo davlatlari - Xitoy” onlayn sammitida ishtirok etadi.

XXR Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbir kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o`rtasidagi 30 yillik hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi, ko`p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqiladi va amaliy hamkorlikning istiqbolli sohalari belgilab olinadi.

Onlayn sammit yakunida Qo`shma bayonot qabul qilinishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar