AsosiyJamiyat

Qarshi davlat universitetida 40ga yaqin daraxt kesib tashlandi

'Qarshi davlat universitetida 40ga yaqin daraxt kesib tashlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi davlat universitetda ko`plab daraxtlarning kesilganligi to`g`risida foto va xabarlar paydo bo`ldi. 

2022 yil 13-15 yanvar kunlari Davlat ekologiya qo`mitasining davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o`rganish ishlari olib borildi, deya xabar bermoqda Davlat ekologiya qo`mitasi matbuot xizmati.

O`rganishlar davomida Qarshi davlat universiteti tomonidan Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali davlat o`rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni kesish uchun uch marotaba murojaat qilinganligi, o`z navbatida Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan mazkur murojaatlarga rad javobi berilganligi ma`lum bo`ldi.

O`rganishlar natijasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan rad javobi berilganligiga qaramasdan jami 38 tup daraxt noqonuniy kesilganligi aniqlandi. Huquqbuzarlikka aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olindi. Mazkur qonunbuzarlik holati bo`yicha o`simlik dunyosiga etkazilgan zarar 267 543 000 so`m miqdorida hisoblandi.

Huquqbuzarlikka oid materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar