Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev O`zbekistondagi neft-gaz zavodlari qurilishini yuqori baholaydi.
Bu haqda To`qaev kecha, 23 yanvar kuni biznes vakillari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda aytib o`tdi.
U O`zbekistonga havas qilinishini aytib, mamlakatda bu kabi ishlar tezroq jadallashtirilishi zarurligini qayd etgan.
“Biz neft-gaz sohasidagi mavjud zavodlarni ta`mirlash bilan ovoramiz. Qo`shnimiz O`zbekiston esa allaqachon 2-3 ta yangi zavodni qurishni uddasidan chiqdi. Bir qarashda odamning havasi keladi”,-deydi Prezident.






