Italiyada 1fevraldan boshlab koronavirusga qarshi kurashish maqsadida karantin talablari kuchaytirildi. Bu haqda regnum xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, italiyaliklar faqat dorixonalar, oziq-ovqat do`konlari va uy hayvonlari do`konlariga borishlari mumkin. 1 fevraldan boshlab banklar, pochta aloqasi bo`limlari va davlat idoralariga tashrif buyurish uchun test natijalari manfiy bo`lgan kovidga oid sertifikat talab qilinadi.
Fevraldan boshlab hukumat 50 yoshdan oshgan odamlar uchun majburiy emlashni joriy qiladi.






