"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubdagi kelajagi borasida gapirdi.
"Shartnomam bo`lgan vaqtda kelajagim borasida o`ylamayman. Avvaldan uzoqni o`ylashni istamayman. Kelajagim qayd etiladigan natijalarimga bog`liq va bundan aslo tashvishlanmayman.
Bu borada kulb bilan birgalikda qaror qabul qilaman. Klub men istagan barcha narsani berdi va unga xiyonat qila olmayman. Hozirda jamoada o`zimni yaxshi va qulay his qilyapman.
Agarda o`zimni charchagan his qilsam, albatta, ketaman. Lekin hozirda barchasi joyida va bu haqida o`ylashni istamayman", - deya Gvardiola so`zlaridan keltirmoqda ESPN.
Ma`lumot uchun, Gvardiolaning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha tuzilgan.






