AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz”: Boshqarma va bir qator departamentlarga yangi rahbarlar tayinlandi

'“O`zbekneftgaz”: Boshqarma va bir qator departamentlarga yangi rahbarlar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan neft va gaz sohasini isloh qilish, shuningdek transformasiya jarayonlarini tezlashtirish bo`yicha qarorlari ijrosini ta`minlash, tizimning ayrim bo`g`inlarida etarli darajada o`zgarishlar bo`lmayotgani va uni tezlashtirish maqsadida kadrlar almashinuvi amalga oshirildi.

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning 2022 yil 21 yanvardagi buyrug`i bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan, Mavlonov Gulmurod Boymurodovich Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbari etib tayinlandi. Gulmurod Mavlonov ushbu tayinlovga qadar Geologiya departamenti boshlig`i edi.

- Gadoev Anvar Ilhomovich “O`zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti boshlig`i etib tayinlandi. Anvar Gadoev Neft va gaz konlarini geologiyasi hamda qidiruvi institutida uzoq yillar faoliyat olib borgan.

- Dauletiyarov Shuhrat Qidirbaevich Kapital qurilish va ta`mirlash departamenti boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Shuhrat Dauletiyarov ushbu tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi strategik korxonalar ishtirokidagi investisiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish sho``basida faoliyat yuritgan.

- Qodirov Ulug`bek Abdujalilovich neftni qayta ishlash, neftkimyo, neft mahsulotlarini saqlash va transportirovka qilish departamentining boshlig`i etib tayinlandi. Ulug`bek Qodirov O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

- Mahmudov Xushnudjon Abdurahmonovich Moliyaviy institutlar bilan ishlash hamda qarzdorlik majburiyatlarini boshqarish departamentining boshlig`i etib tayinlandi. Xushnudjon Mahmudov O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi va “O`zbekneftgaz” AJda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

- Anvarov Javohirbek G`ayratjon o`g`li esa Korporativ munosabatlar va aktivlarni boshqarish departamenti boshlig`i etib tayinlandi. Javohirbek Anvarov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyiha va import shartnomalarni majmuaviy ekspertiza markazi”da ham turli lavozimlarda ishlagan.

- Axaev Eskender Vaapovich Iqtisod va rejalashtirish departamenti boshlig`i etib tayinlandi. Eskender Axaev shu kunga qadar “O`zbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyati Buxgalteriya hisobi va korporativ hisobot departamenti Asosiy vositalar, investisiyalar, materiallar va xarajatlar hisobi bo`limi boshlig`i – Bosh buxgalter o`rinbosari boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar