AsosiyJamiyat

Hokimliklar huzurida yangi jamg`arma tashkil etiladi

'Hokimliklar huzurida yangi jamg`arma tashkil etiladi'ning rasmi

“Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni  qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Farmon bilan Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg`armalari tashkil etildi.

Jamg`armalarni shakllantirishning asosiy manbasi erni xususiylashtirishdan va erni ijaraga berishdan tushadigan mablag`lar hisoblanadi.

Jamg`armalar mablag`lari quyidagilar uchun sarflanadi:

  • “Yangi O`zbekiston”, davlat uy-joy dasturlaridagi massivlarni tashqi muhandislik-kommunikasiya bilan ta`minlash;
  • 200 milliard so`mdan oshadigan, investorning o`z mablag`lari 25 foizdan kam bo`lmagan, investisiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni tashqi muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari bilan ta`minlash;
  • aholi punktlari bosh rejalari, hududlarning ma`muriy-rejalashtiruv topshiriqlari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish.

Farmon bilan shuningdek, Urbanizasiyani rivojlantirish jamg`armasi tugatildi.

    Boshqa yangiliklar