AsosiyJamiyat

Buxorodagi madrasalardan birini foydalanishga berishda qonun buzilish holatlari aniqlandi - Madaniy meros agentligi

'Buxorodagi madrasalardan birini foydalanishga berishda qonun buzilish holatlari aniqlandi - Madaniy meros agentligi'ning rasmi

Turizm va sport vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi ishchi guruhi tomonidan 2021 yilning dekabr oyida Buxoro viloyatidagi “Gavkushon” madrasasidan foydalanish yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi. Bu haqda Turizm va sport matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uning natijasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Moddiy madaniy meros obektlari yoki ularning qismlarini ijaraga berishda qonun buzilish holati aniqlandi.

Holat yuzasidan ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga huquqiy baho berish uchun taqdim etildi.

O`rganish davomida ma`lum bo`lishicha, Buxoro shahar B.Naqshband ko`chasida joylashgan “Gavkushon” madrasasining 22 hujrasidan 82 M.kv.ni tashkil qilgan 3 hujrasi 2015 yilning 1 avgustida tegishli shartnoma bilan “K.” shirkatiga berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning talablari buzilgan. Bunda Davlat mulki davriy nashrlarda, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo`mitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida foydalanilmayotgan davlat mulkini ijaraga berish to`g`risida majburiy tarzda e`lon qilish sharti bilan (har chorakda kamida bir marta) ijaraga berilishi to`g`risidagi tartib va boshqalarga rioya qilinmagan.

Qonunga zid ravishda Buxoro viloyati “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK tomonidan madrasaning qolgan 19 hujrasi (299,5 M.kv) fuqaro r.x.ga ikki oy muddatga 2018 yil 17 oktyabrdagi, shuningdek, madrasaning 2-qavatida joylashgan hujralari (maydoni 73,86 M.kv) hamda Sufa qismi (hovli)ni (maydoni 156 M.kv) “A.” MChJga 2019 yil 25 yanvardagi va 4 apreldagi ijara shartnomalari asosida foydalanishga berilgan.

Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasining 2020 yil 5 maydagi tegishli murojaati asosida “Gavkushon” madrasasini A. MChJ tomonidan rekonstruksiya qilish hamda xostelga moslashtirish loyihasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ma`qullangan. Bunda loyiha taklifi bo`yicha kanalizasiya quvurlari binoga zarar etkazmasligi uchun quvurlar ikki karra mustahkamlanib, o`tkazilishi ishchi loyihaga kiritish sharti belgilangan.

Shuningdek, o`rganishlar davomida soliq idoralaridan olingan ma`lumotlarga ko`ra, 2017-2021 yillar davomida “A.” MChJ va “K.” shirkati tomonidan hududiy Davlat soliq inspeksiyasiga “0” hisobot taqdim etib kelingan.

Ayni damda yuzaga kelgan holat bo`yicha Bosh Prokuratura tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda, vaziyat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar