Ispaniya kubogi 1/4 final bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Unga ko`ra, "Real" klubi o`z maydonida "Atletik"ni qabul qiladi. Bilbaoliklar avvalgi bosqichda "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yubordi. "Valensiya" esa "Kadis"ni mehmon qiladi.
Ispaniya kubogi 1/4 final qur`a natijalari:
"Real" - "Atletik"
"Real Sosedad" – «Betis»
"Valensiya" – "Kadis"
"Rayo Valekano" – "Malorka"






