AsosiyJamiyat

To`qimachilik, tikuv-trikotaj korxonalariga subsidiya va kreditlar ajratiladi

'To`qimachilik, tikuv-trikotaj korxonalariga subsidiya va kreditlar ajratiladi'ning rasmi

“To`qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo`shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag`batlantirishchora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan To`qimachilik sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etildi.

Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda bo`yalgan mato hamda aralash va bo`yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko`p bo`lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi;
  • bo`yalgan mato hamda aralash va bo`yalgan gazlama mahsulotlarini hamda tarkibida sun`iy tola 80 foizdan yuqori bo`lgan ip-kalava ishlab chiqarish uskunalarini xarid qiluvchi korxonalarga boshlang`ich 15 foiz to`lovni to`lash uchun xorijiy valyutada 7 yil muddatgacha 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi;
  • bo`yalgan mato, bo`yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga xorijiy valyutada 1 yil muddatgacha 9 oygacha imtiyozli davr bilan 3 million AQSh dollarigacha eksportoldi moliyalashtirish uchun kredit ajratiladi;

bo`yalgan mato, bo`yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizasiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarning kamida 80 foizini eksport qilgan korxonalarga:

  • ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo`yicha to`lash;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda 3 yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i to`lovini kechiktirish huquqi beriladi. Bunda, soliqni kechiktirish muddati tugaganidan so`ng soliq qarzi va hisoblangan foizlar kechiktirish muddatiga teng muddat mobaynida bo`lib-bo`lib to`lanadi.

2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha quyidagi manbalardan kelib tushadigan mablag`lar Jamg`armaga yo`naltiriladi:

  • paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig`imning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yig`imning 100 foizi;
  • paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig`imning 70 foizi.

Farmonga ko`ra, eksport qiluvchilarning eksportoldi moliyalashtirish uchun olingan kreditlari bo`yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan kompensasiya va kafillik berish muddatlari 2024 yil 1 yanvargacha uzaytirildi hamda ushbu tartib barcha eksportchi korxonalarga tatbiq etiladi.

2022 yil 1 iyulgacha paxta tolasini majburiy avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi ishga tushiriladi.

    Boshqa yangiliklar