Bugun, 21 yanvar kuni soat 05:00 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli va Muqumiy ko`chalari kesishgan chorrahada YPX xodimlari A.Rahmatov va Sh.Eshboltaev tomonidan "Captiva" rusumli avtomobil to`xtatildi.
Unda haydovchi, 1981 yilda tug`ilgan A.M.ning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 1-qismi "a" bandida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanib qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro A.M. tuman IIO FMBga topshirilgan.






