AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev tomonidan neft va gaz sohasini isloh qilish, transformasiya jarayonlarini tezlashtirish bo`yicha qarorlar qabul qilingan hamda ijrosini ta`minlashda tizim ayrim bo`g`inlarida uzilishlar bo`layotgani, buning uchun kadrlar almashinuvini amalga oshirish zaruriyati paydo bo`ldi.

2019 yil 24 iyundan buyon “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining qazib chiqarish bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Alisher Sayfullaevich Mustafoev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uning o`rniga Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori Rustam Cho`lievich Sherov “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining qazib  chiqarish bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma`lumot uchun: Rustam Sherov 1978 yili Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida  tug`ilgan. U neft va gaz sohasidagi faoliyatini  2002 yilda “Muborakneftgaz” UKda geologlikdan boshlagan. “O`zgeoburg`uneftgazqazibchiqarish” AJda turli lavozimlarda, “O`zneftgazqazibchiqarish” AJda Boshqaruvi rais lavozimida faoliyat yuritgan.

Boshqaruv raisining qazib chiqarish bo`yicha o`rinbosari uglevodorodlar qazib olishni ko`paytirishga, yangi neft va gaz inshootlarini foydalanishga topshirishni tezlashtirishga, jarayonlarni intensivlashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga va zamonaviy rivojlanish usullariga yo`naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishga mas`uldir.

    Boshqa yangiliklar