AsosiySport

AVC yillik taqvimini e`lon qildi, undan Toshkentdagi musobaqa ham o`rin olgan

'AVC yillik taqvimini e`lon qildi, undan Toshkentdagi musobaqa ham o`rin olgan'ning rasmi

Osiyo voleybol konfederasiyasi (AVC) 2022 yilgi qit`aviy musobaqalar taqvimini e`lon qildi. Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, undan Toshkent shahri mezbonligida o`tadigan musobaqa ham o`rin olgan.

Taqvimga ko`ra, 2022 yilning 6-13 iyun kunlari poytaxtimizda 17 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida 14-Osiyo chempionati o`tkaziladi. Ushbu musobaqa doirasidagi o`yinlar “Yunusobod” sport majmuasida tashkil etiladi.

AVCning yillik taqvim rejasidan yana 24 aprel – 1 may kunlari Qozog`istonning Semey shahrida bo`lib o`tadigan ayollar klublari o`rtasida Osiyo chempionati, 15-22 may kunlari Eron Islom Respublikasining Urmiya shahri mezbonlik qiladigan erkaklar klublari o`rtasida qit`a birinchiligi, 19 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida Osiyo chempionati (4-11 iyul, Semey, Qozog`iston), erkaklar o`rtasida Osiyo kubogi (7-14 avgust, Xitoy Taypeyi), ayollar o`rtasida Osiyo kubogi (21-28 avgust, Manila, Filippin), AVCning ayollar o`rtasidagi 3-Chellenj kubogi (22-28 avgust, Gonkong, Xitoy) kabi musobaqalar ham o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar