AsosiyDunyo

Chexiyada qariyb 40ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Chexiyada qariyb 40ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Pragadan 50 km uzoqlikdagi avtomagistralda bir nechta avtomobillar ishtirokida yirik YTH sodir bo`ldi

Hodisa Jebrak shahri yaqinida, Praga yo`nalishida sodir bo`lgan. YTHda 36 ta engil va yuk mashinasi ishtirok etgan. To`qnashgan mashinalar katta yo`lning 150 metrlik qismiga sochilib ketgan. Olti kishi jarohatlangan, ulardan ikki nafari mashina ichida qolib ketgan.

"Biz engil jarohatlar bilan uch kishini Xorovitsadagi jarrohlik bo`limiga olib bordik, o`rtacha og`irlikdagi ikki kishi havo orqali Pragaga jo`natiladi, chunki magistral hozir yopiq", -dedi Markaziy Bogemiya tez tibbiy yordam markazi matbuot kotibi Petra Gomolova.

Qayd etilishicha, bir nafar jabrlanuvchiga joyida tibbiy yordam ko`rsatilgan. 

Eslatib o`tamiz, bu Chexiyadagi so`nggi vaqtlardagi birinchi yirik baxtsiz hodisa emas. Oktyabr oyi oxirida tez yordam mashinasi va yo`lovchi avtobusining to`qnashuvi natijasida bir kishi halok bo`ldi, yana bir necha kishi jarohatlandi.

    Boshqa yangiliklar