AsosiySport

Italiya kubogi. Shomurodov gol urgan bahsda "Roma" g`alaba qozondi

'Italiya kubogi. Shomurodov gol urgan bahsda "Roma" g`alaba qozondi'ning rasmi

Italiya kubogining 1/8 final uchrashuvlari o`z nihoyasiga etdi. 

"Roma" o`z maydonida "B" seriya vakili "Lechche" klubini qabul qildi. Uchrashuv 3:1 hisobida Joze Mourino jamoasining g`alabasi bilan yakun topdi. 

E`tiborlisi shundaki, uchrashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov gol urishga muvaffaq bo`ldi. U 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 81-daqiqada raqib darvozasini ishg`ol qildi. 

Shu tariqa, "Roma" keyingi bosqichga yo`llanma oldi. 

Italiya kubogi

"Roma" - "Lechche" - 3:1

Gollar: Kumbulla (40), Abraham (54), Shomurodov (81) - Kalabrezi (14)

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar