AsosiySport

2021 yilda qaysi sportchi eng ko`p pul topgan?

'2021 yilda qaysi sportchi eng ko`p pul topgan?'ning rasmi

Forbes nashri 2021 yilda eng ko`p pul topgan sportchilardan iborat reytingni e`lon qildi. Bu galgi reytingdan sportning barcha turlarida millionlarga ega chiqqan insonlar joy egalladi. Odatda, futbolchi va basketbolchilar bunday reytinglarda yuqori o`rinlarga ega bo`lishardi. 2021 yil sarhisobini ko`zdan kechirar ekanmiz, o`tgan yil vaziyat o`zgarganiga guvoh bo`lamiz...

KONOR MAKGREGOR (ARALASh JANG VAKILI)

DAROMADI: 149 million evro.

Irlandiyalik aralash jang vakili bo`lgan Konor Makgregor 2021 yilda eng ko`p pul topgan sportchi nomiga sazovor bo`ldi. Bunga qaysidir ma`noda o`ziga tegishli bo`lgan ayrim aksiyalarni sotish, reklama shartnomalari sabab bo`ldi. 2021 yilda Makgregor mashhur sport kiyimlari brendi hamda ko`pchilik bilgan videoo`yin orqali mo`may daromad sohibiga aylangandi. Shuningdek, ikki marotaba Dastin Pore bilan jangda ishtirok etishi orqali ham o`z hisob raqamini boyitib oldi. 

Lionel Messi (futbolchi)

DAROMADI: 107,6 million evro.

Nufuzli nashr tadqiqotlariga ko`ra, ikkinchi o`rindan “PSJ” hamda Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi joy egalladi. U bir yil davomida 107 million evro ishlab topgan. 

Leoning asosiy daromadlariga kelsak, u homiylik shartnomalari tufayli juda katta mablag`larga ega bo`ldi. Shuningdek, “PSJ”ga o`tishi ham yaxshigina miqdorda mukofot pullarini olib keldi. Qolaversa, futbolchining parijliklar safidagi maoshi ham yuqori. Bugungi kunda Messi mashhur chanqoqbosdi ichimlik kompaniyasiningyuzi hisoblanadi. 

Krishtianu Ronaldu (futbolchi)

DAROMADI: 99,3 million evro.

Futbol tarixida birinchi milliarderga aylangan Krishtianu Ronaldu 2021 yilda salkam 100 million evro ishlab topdi. Albatta, Ronaldu bu borada azaliy raqibi bo`lgan Messidan ortda qoldi. “Manchester Yunayted”ga o`tishi tufayli yaxshi daromadga ega bo`ldi. Qolaversa, homiylik shartnomalari unga ulkan daromad taqdim qildi. Portugaliyalik sportchi ijtimoiy tarmoqlar ortidan futboldagi daromadidan aslo kam mablag` topmaydi. Qisqasi, u CR7 nomi ostida ko`plab tashkilotlarning yuzi hisoblanadi. 

Dak Preskott (amerikancha futbol)

DAROMADI: 88,9 million evro.

Nashr tuzgan reytingning 4-o`rinidan Amerika futbol yulduzi Dak Preskott joy egalladi. Ushbu sportchi o`tgan yilda 88,9 million evro miqdorida mablag`ni ishlab topdi. Sportchining “Dallas Cowboys” safidagi yillik maoshi 40 million evrodan yuqori. Shuningdek, turli homiylik tashkilotlari ham unga qo`shimcha mablag`larni keltiradi. Qisqasi, bugungi kunda u Amerikada eng ko`p pul ishlaydigan sportchi bo`lib, hattoki basketbolchilardan ham ustun ekanini ko`rish mumkin. 

Lebron Jeyms (basketbolchi)

DAROMADI: 79,9 million evro.

Lebron JeymsniBasketbolning hozirgi kundagi “qiroli” deyish mumkin. U o`tgan yilda salkam 80 million evroga yaqin mablag`ni ishlab topdi. Diqqat bilan e`tibor bering: Lebron Jeymsning bugungi kunda “Los-Anjeles Leykers” klubi bilan ko`p yillik kelishuvi bor. U mazkur basketbol jamoasida yiliga 41 million evrodan ko`p maoshga ega. Qolaversa, 206 sm. Bo`yga ega sportchi ko`plab mashhur brendlar bilan hamkor va ulardan ham mo`may daromad topadi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa yaxshigina daromad keladigan sahifasi mavjud.

Boshqa yangiliklar