Hodisa bugun chamasi 20:45 larda sodir bo`lgan. YHXBB bo`lib o`tgan voqea yuzasidan quyidagicha izoh berdi.
Qayd etishilicha, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, I.Karimov ko`chasida haydovchi, 1993 yilda tug`ilgan F.M. "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, o`zi bilan bir yo`nalishda, oldinda bo`lgan haydovchi, 1991 yilda tug`ilgan K.I. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli avtomobilning orqa tomoniga to`qnashgan va zarb oqibatida "Spark" avtomobilining dvigatel qismida yong`in yuzaga kelgan.
YTH va yong`in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Yong`in bartaraf etilgani aytiladi.
Ma`lumotga ko`ra, mazkur holat yuzasidan hozirda Navoiy shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
"Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so`raymiz,-deyiladi xabarda.






