Ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyati, Buxoro shahrining markaziy ko`chalarida davlat raqam belgisi bo`lmagan "Lacetti" rusumli avtomobil harakatlanib yurganligi aks etgan video tarqaldi.
Video yuzasidan Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib holatga aniqlik kiritildi. "Lacetti" rusumli, 80A100RA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 1998 yilda tug`ilgan X.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 125-moddasi 5-qismi tartibida bayonnoma tuzildi.






