Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida Ishtixon tumanida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan fuqaro R.M. “Hizb ut-tahrir” diniy ekstremistik oqimining g`oyaviy rahnamosi, Qirg`iziston fuqarosi Mahmud Abdulmo`min bilan aloqada bo`lgan.
R.M ko`rsatmasi bilan mazkur diniy ektremistik tashkilot g`oyalarini internet foydalanuvchilari orasida faol targ`ib qilgani aniqlandi va ishga aloqador ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida olib qo`yildi.
Navbatdagi holatlarda Oqdaryo tumani Loyish shaxarchasida istiqomat qiluvchi, 1990 yilda tug`ilgan B.J. hamda Urgut tumani O`roqboyjar qishlog`ida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan X.S. “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi rahnamolarining ekstremistik mazmundagi materiallarini ijtimoiy tarmoqda virtual do`stlariga tarqatib kelganliklari fosh etilib, ular qo`lga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






