AsosiySport

O`zbekistonning yosh sportchisi mintaqalararo musobaqa g`olibi bo`ldi  

'O`zbekistonning yosh sportchisi mintaqalararo musobaqa g`olibi bo`ldi   'ning rasmi

Joriy  7-9 yanvar kunlari Sankt- Peterburg shahrida Olimpiya o`yinlari dasturidan o`rin olgan short-trek bo`yicha bolalar o`rtasida "Yosh yuguruvchi" mintaqalararo musobaqasi o`tkazildi.

Unda O`zbekistonning yosh sportchisi  g`olib bo`ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, musobaqada mezbon Rossiya va O`zbekistondan tashqari MDH tashkilotiga a`zo mamlakatlar sportchilari g`oliblik uchun kurash olib borishdi.

"Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan yosh hamyurtimiz g`oliblar safidan joy oldi. O`g`il bolalar bahsida ishtirok etgan Alimardon Mahmudov 500 metr, 333 metr va 222 metr masofalarida kechgan bahslarda mintaqaning eng kuchli sportchisi ekanligini isbotladi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar