AsosiyJamiyat

Rossiyaga ishga ketish istagida bo`lganlarga muhim ma`lumot e`lon qilindi

'Rossiyaga ishga ketish istagida bo`lganlarga muhim ma`lumot e`lon qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining xabar berishicha, Rossiya Federasiyasining "KAMAZ" zavodiga elektr-gaz payvandchi, shtamplovchi, yuk tashuvchi, yuklovchi, qadoqlovchi, traktor va avtomobil haydovchisi, mashina payvandchisi, muhandis-konstruktor, yuk tarqatuvchi, shaffof tizimlar va ikki qavatli oynalarni yig`ish bo`yicha mutaxassis, santexnik kabi sohalardagi bo`sh ish o`rinlari uchun onlayn tanlovlar o`tkaziladi.

Quyida o`tkaziladigan hududlar va vaqtlar bilan tanishing:

11 yanvar:

Soat 10:00 da,  Farg`ona shahri, B.Marg`inoniy ko`chasi, 4-uy.

Mo`ljal: 10-maktab, Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi binosi.

Tel:. 73 244-40-01.

Soat 14:00 da, Namangan shahri, Nodira ko`chasi, 3-uy.

Mo`ljal: Sardoba bozor, Zangori ekran yonida BKM binosida.

Tel:. 69 227-94-64, 69 227-97-27.

    Boshqa yangiliklar