Qozog`iston Milliy xavfsizlik qo`mitasi (KNB) Chegara xizmati xodimlari jamiyatga zid harakatlarda ishtirok etganlikda gumon qilib, 366 kishini qo`lga oldi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar berdi,deb yozadi TASS.
"Chegara qo`shinlarining hududiy bo`linmalari tomonidan aksilterror operasiyasi boshlanishi bilan mustaqil ravishda ham, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan guruhlar tarkibida ham jamiyatga zid harakatlarda qatnashganlikda gumon qilinib, 366 nafar shaxs qo`lga olindi, ulardan olti nafari qarshilik ko`rsatish chog`ida jarohat olgan”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, boshqarmada Chegara xizmati bo`linmalari doimiy jangovar shay holatda ekanligi, chegara qo`riqlash kuchaytirilgan rejimda amalga oshirilayotgani ta`kidlanadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, qo`lga olish chog`ida 30 ta qurol, 245 ta o`q-dori, ikkita sovuq qurol, sakkizta radiostansiya va to`rtta o`q o`tkazmaydigan jilet musodara qilingan.
"Qo`lga olinganlardan 200 dan ortiq mobil telefonlar, raqamli jihozlar, iste`mol tovarlari va katta miqdordagi moliyaviy mablag`lar olib qo`yildi. Shuningdek, ular harakatlanayotgan 29 ta transport vositasi, diniy adabiyotlar va noqonuniy mitinglar o`tkazish tartibi bo`yicha qo`llanmalar olib qo`yildi", - deyiladi xabarda.






