AsosiyDunyo

JSST "deltakron" paydo bo`lishining sababini ochiqladi

'JSST "deltakron" paydo bo`lishining sababini ochiqladi'ning rasmi

JSST "deltakron" tekshiruv vaqtiba namunaning ifloslanishidan kelib chiqqan bo`lishi mumkin, degan fikrda. Bu haqda  RIYa Novosti yozmoqda.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti deltakron  virusning ikkita variantining birikmasi emas, deb hisoblaydi, ular bu nomdan foydalanmaslikka chaqirishdi.

Budan tashqari, JSST Favqulodda kasalliklar bo`limi texnik guruhi rahbari Mariya  gripp va Covid-19ning bir vaqtda kasalligini bildiruvchi "fluron" tushunchasidan foydalanmaslikni taklif qildi. 

"Bu so`z viruslar/variantlarning kombinasiyasini nazarda tutadi va bu sodir bo`lmaydi. "Deltakron" ehtimol ketma-ket  tekshiruv paytida ifloslangan",- deb yozdi u Twitter'dagi sahifasida.

Koronavirusning yangi shtammi topilgani haqida avvalroq Kipr universiteti biologiya fanlari fakulteti professori Leontios  Times nashriga xabar bergan edi. Uning so`zlariga ko`ra, olimlar yangi versiya "delta" va "omikron" gibridiga aylangan, shuning uchun u "deltakron" nomini olgan, degan xulosaga kelgan. Mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Mixalis Xadzipandelasning ta`kidlashicha, shtamm rasmiylarni xavotirga solmaydi, chunki u allaqachon aylanib yurgan ikkita mutasiyani birlashtiradi. Shuningdek, "deltakron" ni hali yangi shtamm deb atamaslikka chaqirishmoqda. Uni yangi shtamm deb atashga hali erta ekanligi e`lon qilindi

    Boshqa yangiliklar