Tovarlar sotilishi munosabati bilan sotuvchi tomonidan tavsiya qilinadigan xizmatlar faqat xaridorning roziligi bilan ko`rsatilishi mumkin.
Xaridor tovarni sotishda tavsiya etiladigan xizmatlarni rad etishga, shuningdek uning roziligisiz ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`langan summani qaytarib berishni sotuvchidan talab qilishga haqlidir.
Sotuvchi ayrim tovarlar boshqa tovarlar sotib olinishi yoki ular sotilishi munosabati bilan xizmatlar ko`rsatilishi sharti bilan sotilishini shart qilib qo`yishga haqli emas.






