Bugungi kunda ko`zi o`jiz odamlar dunyoda 43 millionni tashkil etadi. O`zbekistonda esa ko`rish imkoniyati cheklangan 60 mingdan ortiq odamlar yashaydi.
Ko`zi ojiz insonlarning jamiyatda to`liq ishtirokini ta`minlash maqsadida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi #USAID Brayl yozuvida "Ko`zi ojiz shaxslarning huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar to`plami"ni chop etishda ko`maklashdi.
To`plamda Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to`g`risidagi qonun va tegishli Prezident farmonlari kabi hujjatlar, shuningdek, nogironlar foydalanish huquqiga ega bo`lgan xizmatlar ro`yxati jamlangan.






