Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi "Dalvarzintepa" filiali mudiri, Madaniyat va san`at sohasida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelgan Isakov Sanjarbek 3-yanvar kuni 43 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma`lum qildi.
Sanjarbek Isakov Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig`i, Shúrchi tuman Madaniyat búlim mudiri, Surxondaryo viloyatidagi O`zbekiston Davlat Filarmoniyasi búlim mudiri kabi vazifalarda ish faoliyatini olib borgan.






