2022 yil 3 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199271 (+89) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi SSV Matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining:
9 nafari Andijon viloyatida,
7 nafari Buxoro viloyatida,
3 nafari Jizzax viloyatida,
1 nafari Namangan viloyatida,
18 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Farg`ona viloyatida,
12 nafari Xorazm viloyatida,
3 nafari Toshkent viloyatida,
31 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 196539 (+95) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.






