Denov tumanida 2021 yil 2 dekabr kuni soat 08:00 larda, tumanning "Lolazor" mahallasi hududida joylashgan buyum bozorida janjal kelib chiqqan. Bu haqda Surxondaryo IIB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tumanning "Bahoriston" mahallasida yashovchi, T.Sobir (ism shariflar o`zgartirilgan) Sariosiyo tumani "Xonjiza" mahallasida yashovchi, Ch.Do`stqobil va Ch.Do`stmurodlar bilan o`zaro janjallashib qolib, bir-birlarini qo`li bilan urishib, tan jarohati etkazishgan.
16 dekabr kuni T.Sobirga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan Ch.Do`stqobil va Ch.Do`stmurodlarga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






