AsosiyJamiyat

Bolalarni maktabgacha ta`lim qamrovi ko`rsatkichlari eng yuqori bo`lgan viloyat nomi aytildi

'Bolalarni maktabgacha ta`lim qamrovi ko`rsatkichlari eng yuqori bo`lgan viloyat nomi aytildi'ning rasmi

2021 yil yakunlari bo`yicha Farg`ona viloyatida maktabgacha ta`lim qamrovi 83,6 foizga etib, bu borada Respublika viloyatlari orasida birinchi o`ringa ko`tarildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

2021 yil davomida Farg`ona viloyatida 31 ta davlat, 12 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi hamda 973 ta oilaviy maktabgacha ta`lim tashkilotlari tashkil etildi, sohada 2100 tadan ziyod yangi ish o`rinlari yaratildi. Umumiy hisobda viloyatda maktabgacha ta`lim tashkilotlari soni 3 mingdan ortdi.

Eslatib o`tamiz, 2021 yil boshida farg`onalik bolalarni maktabgacha ta`lim qamrovi ko`rsatkichi 65,3 foizga teng edi.  

    Boshqa yangiliklar