AsosiyJamiyat

Qibrayda fuqaro turmush o‘rtog‘ini o‘ziga jalb qilish maqsadida 7 oylik farzandidan foydalandi

'Qibrayda fuqaro turmush o‘rtog‘ini o‘ziga jalb qilish maqsadida 7 oylik farzandidan foydalandi'ning rasmi

2021 yil 22 dekabr kuni Qibray tumani Yangihayot mahalla fuqarolar yig`ini Sangak ko`chasida yashovchi 23 yoshli Sh.D. tuman IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 13:00 larda ikki nafar noma`lum shaxslar,  o`tkir tig`li jism bilan qurollanib, uni yashayotgan uyiga devor oshib o`tish orqali g`ayriqonuniy ravishda kirib, unga hamda qo`lida bo`lgan voyaga etmagan 7 oylik farzandi Z.M., ga nisbatan o`tkir tig`li jism bilan tahdid qilishib, shikast etkazish bilan qo`rqitib, xonadonida bo`lgan pul va moddiy qimmatliklarni berishini talab qilib, jami bahosi 19.000.000 so`mlik tilla buyumlar,110 AQSh dollari va 1.100.000 so`m pullarni egallab, hodisa joyidan yashiringanliklarini ma`lum qilgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan noma`lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov davomida, ushbu jinoyatni hech kim sodir etmaganligi, uni xonadon egasi Sh.D. reja asosida qasddan o`zi uyushtirganligini, bunga sabab qilib, turmush o`rtog`i turmushi davomida unga befarq bo`lib, e`tibor bermayotganligi oqibatida uni o`ziga jalb qilish maqsadida mazkur holatni uyushtirganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandidan 237-moddasi 1-qismi (yolg`on xabar berish)ga qayta malakalanib, shu kunning o`zidayoq Sh.D. gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan.

    Boshqa yangiliklar