AsosiyDunyo

Fransiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

'Fransiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi'ning rasmi

Fransiyaning Marsel shahrida koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda shahardagi Yuqumli kasalliklar instituti olimlari xabar berdi

Xabarda aytilishicha, Fransiya janubi-sharqidagi shaharlardan birining 12 nafar aholisida koronavirus variantlari bilan bog`liq mutasiyalarni aniqlash testlari “notipik kombinasiya”ni ko`rsatgan. 

Birinchi marta B.1.640.2 deb nomlangan koronavirusning yangi varianti 2021 yil noyabr oyida Kamerundan qaytgan odamda aniqlangan. Virus genomini tahlil qilish natijasida 46 ta mutasiya aniqlangan. 

Ta`kidlanishicha, ular olgan ma`lumotlar koronavirusning yangi shtammlari paydo bo`lishini oldindan belgilab bermaydi. 

    Boshqa yangiliklar