O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Havo harorati 11-16 ° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esad. Havo harorati 13-15° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi.






